Sudning ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qarori ustidan kassatsiya shikoyatini bergan shaxs uni qaytarib olishga haqli. Kassatsiya protestini qaytarib olish huquqi protestni kiritgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir.
O'ziga nisbatan sudning ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qarori chiqarilgan shaxs o'z advokatining kassatsiya shikoyatini qaytarib olishga haqli.
Ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxsning advokati, qonuniy vakili o'z kassatsiya shikoyatini faqat ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxsning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga kassatsiya instantsiyasi sudi qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kirguniga qadar yo'l qo'yiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishda kassatsiya instantsiyasi sudi qaror chiqaradi va bu qaror bilan, agar sud qarori ustidan boshqa shaxslar shikoyat qilmagan bo'lsa, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish to'g'risidagi hujjat ishda qoldiriladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
324¹⁸-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.