Ishni birinchi instantsiyada ko'rib chiqqan sud tomonidan kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushganligi to'g'risida ishda ishtirok etuvchi shaxslar, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxldor bo'lsa, uch kunlik muddatda xabardor qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarga kassatsiya shikoyatining (protestining) nusxasi yoki uning elektron nusxasi bilan qaror chiqargan sudning internet-resursi orqali tanishish imkoniyati to'g'risidagi xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga kassatsiya shikoyatiga (protestiga) doir o'z e'tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi e'tirozlarni taqdim etish muddati ko'rsatilgan holda tushuntiriladi. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan kelib tushgan e'tirozlar ishga qo'shib qo'yiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar ish kassatsiya instantsiyasi sudiga ko'rib chiqish uchun kiritilganligi to'g'risida birinchi instantsiya sudi tomonidan xabardor qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
324¹⁷-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.