Ma'muriy javobgarlik kodeksi

309²-modda. Bojxona to'g'risidagi qonunchilikning buzilganligi O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan hollarda jarima solish to'g'risidagi qaror

(309²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 4 октябрдаги ЎРҚ-720-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.10.2021 й., 03/21/720/0930-сон — 2022 йил 6 январдан кучга киради)

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona to'g'risidagi qonunchilikning buzilishlari bo'yicha jarima solish haqidagi qaror ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi. Jarima solish to'g'risidagi qaror yuridik kuchga ega bo'lgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjatni tuzgan vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Jarima solish to'g'risidagi qaror chiqarilgan kundan e'tiboran uch kun ichida huquqbuzarga elektron shaklda yuboriladi yoki qog'oz shaklida topshiriladi yoxud pochta orqali topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat bilan yuboriladi. Jarima solish to'g'risidagi qarorda quyidagilar ko'rsatilishi kerak: qaror chiqarilgan sana va joy; uni chiqargan organning nomi, shaxsning lavozimi va familiyasi; ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs to'g'risidagi ma'lumotlar; ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan (aniqlangan) vaqt, joy va holatlar, ushbu Kodeks Maxsus qismining mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi ushbu moddaning qismi ko'rsatilgan holda; qabul qilingan qaror, tayinlangan jarimani to'lash tartibi va muddatlari, ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va majburiyatlari, shuningdek jarima solish to'g'risidagi qaror ustidan shikoyat berishning protsessual tartibi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.