Ma'muriy javobgarlik kodeksi

309³-modda. Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to'g'risidagi qaror

(309³-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 мартдаги ЎРҚ-758-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.03.2022 й., 03/22/758/0207-сон — 2022 йил 13 июндан кучга киради)

Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to'g'risidagi qaror ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi. Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to'g'risidagi qaror elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi. Jarima solish to'g'risidagi qaror soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini qo'llash orqali olingan materiallar ilova qilingan holda mazkur qaror chiqarilgan kundan e'tiboran uch kun ichida soliq to'lovchining (huquqbuzarning) shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to'g'risidagi qarorda quyidagilar ko'rsatilishi kerak: qarorning raqami; qaror chiqarilgan sana va joy; qarorni chiqargan organning nomi, mansabdor shaxsning lavozimi hamda familiyasi, ismi, otasining ismi; soliq to'lovchining nomi va identifikatsiya raqami; ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs to'g'risidagi ma'lumotlar; ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, joy va huquqbuzarlikning tavsifi; ushbu Kodeks Maxsus qismining sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi; tayinlangan jarima va uni to'lash tartibi; jarima solish to'g'risidagi qaror ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.