Organ (mansabdor shaxs) ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqib, shu ish yuzasidan qaror chiqaradi.
Qarorda quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak: qaror chiqargan organning (mansabdor shaxsning) nomi; sud ishining raqami; ish ko'rib chiqilgan sana; ishi ko'rib chiqilayotgan shaxs to'g'risidagi ma'lumotlar, shu jumladan huquqbuzar jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; ishni ko'rib chiqish chog'ida aniqlangan holatlarning bayoni; mazkur ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; ish yuzasidan qabul qilingan qaror; mavjud bo'lgan taqdirda — jabrlanuvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yuridik shaxsning soliq to'lovchi identifikatsiya raqami, shuningdek qaror ustidan shikoyat berish muddati va tartibi.
Ushbu Kodeksning 308¹-moddasida nazarda tutilgan hollarda qarorda huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi yoki yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash haqidagi taqdimnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi to'xtam ham ko'rsatilishi kerak
Basharti ma'muriy huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeks 242-moddasining 1 va 3-bandlarida ko'rsatib o'tilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ma'muriy jazoni qo'llanish to'g'risidagi masalani hal qilish paytida aybdordan yetkazilgan mulkiy zararni undirib olish masalasi ham hal etiladigan bo'lsa, ish yuzasidan chiqarilgan qarorda undirib olinishi lozim bo'lgan shu zararning miqdori, uni undirib olish muddati va tartibi ko'rsatiladi.
Ish yuzasidan chiqarilgan qarorda olib qo'yilgan ashyolar va hujjatlar, shuningdek ushlab turilgan transport vositalari to'g'risidagi masala ham hal etilgan bo'lishi lozim.
Qaror majlisda ishtirok etayotgan kollegial organ a'zolarining oddiy ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror mansabdor shaxs tomonidan, organning qarori — majlisda raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi.
Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ish bo'yicha qaror axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida chiqarilishi va ijro etish uchun yuborilishi mumkin.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda jazo qo'llanilganligi to'g'risida ma'muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnomaga tegishli yozuv yozib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
309-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror
(309-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 июндаги ЎРҚ-1069-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.06.2025 й., 03/25/1069/0510-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.