Agar organ (mansabdor shaxs) ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqayotganda sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi to'g'risida yoki ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanktsiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qo'llash uchun asoslar borligi haqida xulosaga kelsa, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi yoki yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash haqidagi taqdimnoma bilan sudga yuboriladi.
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi yoki yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash haqidagi taqdimnomada shaxsning ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinishi yoki unga nisbatan yengilroq ma'muriy jazo chorasi qo'llash kerakligining sabablari va asoslari bayon etiladi.
Sud huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi yoki yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash haqidagi taqdimnomani ko'rib chiqib, ushbu Kodeksning 310-moddasida nazarda tutilgan qarorlardan birini chiqaradi.
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi yoki yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash haqidagi taqdimnoma ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish sudga kelib tushgan kundan e'tiboran uch sutka ichida ushbu Kodeksning 303, 304, 306—309-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya etilgan holda ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Liability
308¹-modda. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi yoki yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash haqidagi masalani hal etish tartibi
(308¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-289-сонли Қонуни билан киритилган — ЎР ҚҲТ, 2011 й., 17-сон, 168-модда)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Agar ma'muriy huquqbuzarlik juda kichik bo'lsa, organ uni sudga yuborishi mumkin. Sud huquqbuzarni javobgarlikdan butunlay ozod qilishi yoki engil jazo berishi mumkin. Buning uchun organ avval huquqbuzarlikning kam ahamiyatli ekanligini isbotlashi kerak.
**Kimga tegishli**
Bu qoida barcha ma'muriy huquqbuzarlar uchun qo'llaniladi.
**Amalda**
Yo'lda tezlik chegarasini 5 km/soat oshirgan haydovchi ushlanadi. Agar bu birinchi marta bo'lsa va hech qanday xavf tug'ilmagan bo'lsa, organ sudga "ozod qilish" taklifi bilan yuborishi mumkin. Sud huquqbuzarni javobgarlikdan ozod qilishi yoki juda kam jarima berishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.