Ma'muriy javobgarlik kodeksi

295-modda. Jabrlanuvchi

Ma'muriy huquqbuzarlik yo'li bilan ma'naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxs jabrlanuvchi deb topiladi. Jabrlanuvchi ishga oid hamma materiallar bilan tanishib chiqishga, ko'rsatuvlar berishga, dalillar keltirishga, iltimoslar qilishga, ishni ko'rib chiqish paytida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, o'z ona tilida so'zlashga va tarjimon xizmatidan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.