Ma'muriy javobgarlik kodeksi

294-modda. Ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va burchlari

(294-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 4 октябрдаги ЎРҚ-720-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.10.2021 й., 03/21/720/0930-сон — 2022 йил 6 январдан кучга киради)

Ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ish materiallari bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, o'z iltimosini bayon etishga, ishni ko'rib chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, o'z ona tilida so'zlashga va tarjimonning xizmatlaridan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida ko'rib chiqiladi. Mazkur shaxsga ishni ko'rib chiqish joyi va vaqti haqida xabar qilinganligi to'g'risida ma'lumotlar bo'lgan va undan ishni ko'rib chiqishni kechiktirish xususida hech qanday iltimos tushmagan hollarda, shuningdek ushbu Kodeks 309¹-moddasining birinchi qismida va 309²-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollardagina ish uning ishtirokisiz ko'rib chiqilishi mumkin. Basharti sodir etgan huquqbuzarligi uchun ushbu Kodeksda ma'muriy qamoqqa olish, ashyolarini musodara qilish yoki haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish choralarini qo'llash nazarda tutilgan bo'lsa, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish vaqtida ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirok etishi shart. Mazkur shaxs bunday ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqishda ishtirok etishdan bo'yin tovlagan taqdirda, u jinoyat ishlari bo'yicha sudning ajrimiga binoan ichki ishlar organi tomonidan majburan olib kelinishi mumkin. Bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzgan holda O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni yoki boshqa qimmatliklarni olib o'tish bilan bog'liq bo'lib, musodara qo'llanilishi mumkin bo'lgan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish alohida hollarda, agar ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo'lsa yoki uning turgan joyini aniqlash imkoni bo'lmasa, bunday shaxsning ishtirokisiz ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.