Voyaga yetmagan yoki o'zining jismoniy nuqsonlari yoxud ruhiy holatining buzilganligi sababli ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar yuzasidan o'z huquqini o'zi amalga oshirolmaydigan — ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning yoki jabrlanuvchining manfaatlarini ular uchun mazkur shaxslarning qonuniy vakillari (ota-onalari, er yoki xotinlari, voyaga yetgan bolalari, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar) ifodalashga haqlidirlar.
Qonuniy vakillar ish materiallari bilan tanishishga va manfaatlarini o'zlari ifoda etayotgan shaxs nomidan iltimoslar qilishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidirlar.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
296-modda. Qonuniy vakillar
(296-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.