Ma'muriy javobgarlik kodeksi

290-modda. Ashyolar va hujjatlarni olib qo'yish hamda xatlash

(290-модданинг еттинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)

Huquqbuzarlarni ushlash, shaxsiy ko'rikdan o'tkazish yoki ashyolarini ko'zdan kechirish vaqtida aniqlangan huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita huquqbuzarlik ashyosi bo'lgan ashyo va hujjatlar ushbu Kodeksning 287 va 289-moddalarida nazarda tutilgan organlarning mansabdor shaxslari tomonidan olib qo'yiladi. Olib qo'yilgan ashyo va hujjatlar ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar ko'rib chiqilgunga qadar shunday ashyo va hujjatlarni olib qo'yish huquqi berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan belgilab beriladigan joylarda saqlanadi, ish ko'rib bo'linganidan keyin esa, uni ko'rib chiqish natijalariga qarab, bu ashyo va hujjatlar belgilangan tartibda musodara qilinadi yoki egasiga qaytarib beriladi yoxud yo'q qilib yuboriladi, ashyolar haq to'lab olib qo'yilgan taqdirda esa — sotib yuboriladi. Adliya organlari tomonidan ashyolarni ko'zdan kechirish vaqtida (intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilishda) aniqlangan huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita huquqbuzarlik ashyosi bo'lgan ashyo va hujjatlar xatlanadi. Olib qo'yilgan orden, medal, faxriy unvonning ko'krakka taqiladigan nishoni qonuniy egasiga qaytarib beriladi, basharti, egasi noma'lum bo'lsa, unda tegishli organga jo'natiladi. Bojxona qoidalari yoki soliq va valyuta to'g'risidagi qonunchilik buzilgan taqdirda, basharti huquqbuzar O'zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo'lmasa, jarima undirilishini ta'minlash maqsadida uning ashyolari (qimmatli buyumlari) olib qo'yilishi mumkin. Ashyo va hujjatlar olib qo'yilgan taqdirda bu xususda bayonnoma tuziladi yoki ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomaga yoxud buyumlarni ko'zdan kechirib chiqish yoki ma'muriy yo'l bilan ushlab turish haqidagi bayonnomalarga tegishli yozuv yozib qo'yiladi. Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksga muvofiq transport vositasini, kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan mahrum etish tarzida ma'muriy jazo qo'llanilishi mumkin bo'lsa, huquqbuzardan uning ishi yuzasidan qaror chiqarilgunga qadar transport vositasi, kichik hajmli kemani boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma, ovchilik bileti olib qo'yiladi va bu haqda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomaga, shuningdek haydovchilik guvohnomasining taloniga, kema boshqaruvchisi guvohnomasining taloniga tegishlicha yozib qo'yilib, talonlar transport vositasi haydovchisiga, kema boshqaruvchisiga qaytarib beriladi. Transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo'yish — O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo'yish — O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, ov qilish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo'yish esa — O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ushbu Kodeksning 185, 220, 220¹ va 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, ichki ishlar organlari xodimlari ish ko'rib chiqilguniga qadar qurolni va uning o'q-dorilarini olib qo'yishga haqli bo'lib, bu haqda olib qo'yilayotgan qurolning markasi yoki modeli, kalibri, turkumi va raqami, o'q-dorilarning miqdori va turi ko'rsatilgan holda bayonnomaga yozib qo'yiladi. O'z xizmat burchini bajarish vaqtida huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan uning ashyolarini olib qo'yish, shaxsiy ko'rikdan o'tkazish va ashyolarni ko'zdan kechirib chiqish juda zarur bo'lgan hollardagina qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.