Transport vositalarini ushlab turish va ko'rikdan o'tkazish qonunchilik bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish ko'rilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin, chunonchi:
a) transport vositalarining haydovchilari ushbu Kodeks 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida), 90¹-moddasida, 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 125¹-moddasining ikkinchi — to'rtinchi qismlarida (bundan 125¹-moddaning ikkinchi — to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar avtomatlashtirilgan o'lchov vositalari orqali aniqlangan hollar mustasno), 126-moddasida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128⁶-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi bo'lmasa va to'xtash yoki to'xtab turish qoidalarining buzilishi yo'l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 128¹⁰, 131, 133-moddalarida, 134-moddasida (bundan yo'l-transport hodisasi to'g'risida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno), 135-moddasida (bundan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisi, haydovchilarning malaka oshirishdan o'tganligi to'g'risidagi sertifikati yonida mavjud bo'lmaganligi hollari mustasno), 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137, 176³-moddalarida, 194-moddasida (ichki ishlar organi xodimining transport vositasini to'xtatish to'g'risidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, shuningdek qonun hujjatlarida to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan boshqa hollarda — ichki ishlar organlari tomonidan;
b) Qurolli Kuchlarning va O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlarining transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar va boshqa shaxslar yo'l harakati qoidalarini buzganda — harbiy avtomobil inspektsiyasining mansabdor shaxslari tomonidan;
v) ushbu Kodeksning 60-moddasida, 70-moddasining birinchi qismida, 70¹, 78, 79, 81, 82, 84, 90, 90¹, 91, 91¹, 92, 94-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
g) ushbu Kodeksning 90¹, 198, 227 — 227²⁷-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O'zbekiston Respublikasi bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
d) ushbu Kodeksning 164, 166, 167, 168, 172, 173, 176, 186¹-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo'linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan;
ye) ushbu Kodeksning 196¹, 196², 224-moddalarida, 224¹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 224²-moddasida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 227²¹-moddasining birinchi qismida, 227²³-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
j) ushbu Kodeks 210¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — harbiylashtirilgan qo'riqlash bo'linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan;
z) ushbu Kodeksning 119 va 132-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspektsiyasining mansabdor shaxslari tomonidan.
Karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishi hamda tarqalishi munosabati bilan tegishli hududlarda yoki ob'yektlarda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilgan sharoitlarda transport vositalari haydovchilari tomonidan ushbu Kodeks 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda, transport vositalarini ushlab turish ichki ishlar organlari tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish ko'rilguniga qadar amalga oshiriladi.
Yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e'tiboran oltmish kun ichida jarima to'lanmagan taqdirda, jarima solish to'g'risida qaror chiqargan vakolatli organ tomonidan elektron tizimlarda avtomatik tarzda joylashtirilgan ma'lumotga ko'ra transport vositasi jarima solish to'g'risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi, bundan jarima uchun to'lov elektron to'lov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali amalga oshiriladigan hollar mustasno.
Qonunchilik buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini (O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining va O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlarining transport vositalaridan tashqari) saqlab turish joylariga olib borish, joylashtirish va saqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
291-modda. Transport vositalarini ushlab turish va ko'rikdan o'tkazish asoslari va tartibi
(291-модда биринчи қисмининг «в» банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.