Ma'muriy javobgarlik kodeksi

29-modda. Ma'muriy qamoqqa olish

(29-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)

Ma'muriy qamoqqa olish uch sutkadan o'n besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — o'ttiz sutkagacha muddatga qo'llaniladi. Ma'muriy qamoqqa olish jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig'i tomonidan belgilanadi. Ma'muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo'lgan ayollarga, o'n to'rt yoshgacha bo'lgan bolasini yakka o'zi tarbiyalayotgan shaxslarga, o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga nisbatan qo'llanilishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.