Code of Administrative Liability

287-modda. Ma'muriy yo'l bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar)

(287-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 19 майдаги ЎРҚ-1146-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.05.2026 й., 03/26/1146/0514-сон)

Ma'muriy yo'l bilan ushlab turish bu ishga O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan vakolat berib qo'yilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidangina amalga oshirilishi mumkin, chunonchi: 1) ushbu Kodeksning 47⁴, 47⁵, 51², 51⁸, 51⁹, 54, 56-moddalarida, 56¹-moddasida (jamoat transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste'mol qilganlik uchun), 57, 58-moddalarida, 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 60¹, 61-moddalarida, 61¹-moddasining birinchi qismida, 63, 66, 70¹, 72, 79, 88, 90, 90¹, 91, 91¹, 91², 92, 94, 110, 111, 113, 114, 115, 116, 116¹, 116², 116³, 117-moddalarida, 118-moddasining uchinchi qismida, 121, 123, 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135¹, 136, 137, 138, 142-moddalarida, 144-moddasining uchinchi qismida, 146-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 154-moddasida, 164-moddasining to'rtinchi qismida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176³-moddasida, 176⁴-moddasining ikkinchi qismida, 183, 184², 184³, 184⁴, 185, 185¹, 185², 185³,186, 187, 188, 188³, 188⁴, 189, 189¹, 190, 191, 192, 194, 195, 198, 199, 201, 202¹, 203, 204, 205, 209, 209¹, 210-moddalarida, 210¹-moddasining birinchi qismida, 218, 220, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida, 225¹, 228, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — ichki ishlar organlari tomonidan; 2) ushbu Kodeksning 184², 184³, 196¹, 196², 224-moddalarida, 224¹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 224²-moddasida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 227²¹-moddasi birinchi qismida, 227²³-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo'shinlari tomonidan; 3) ushbu Kodeksning 61, 198-moddalarida, 210¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — shu qo'riqlanadigan ob'yekt joylashgan yerdagi harbiylashtirilgan qo'riqlash bo'linmasining katta mansabdor shaxsi tomonidan; 4) Qurolli Kuchlar va O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlarining transport vositalarini boshqaruvchi haydovchilar yoki boshqa shaxslar ushbu Kodeksning 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135¹, 136, 137, 138 -moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda — harbiy avtomobil inspektsiyasining mansabdor shaxslari tomonidan; 5) ushbu Kodeksning 60-moddasida, 69-moddasida (qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar bundan mustasno), 70-moddasining birinchi qismida, 70¹, 77, 79, 81, 82, 83, 84, 90, 90¹, 91, 91¹, 92, 93, 94, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan; 6) ushbu Kodeksning 90¹, 184², 184³, 185¹, 189, 189¹, 198, 227, 227¹— 227²⁷-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — bojxona organlari xodimlari tomonidan; 7) ushbu Kodeksning 194, 204, 205-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — harbiy patrul tomonidan; 8) ushbu Kodeksning 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida (radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoxud o'zgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi), 164-moddasining to'rtinchi qismida, 165¹-moddasida, 166-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176³-moddasida, 176⁴-moddasining ikkinchi qismida, 186¹, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda davlat soliq organlarining, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo'linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan; 9) ushbu Kodeksning 54, 61, 63, 72, 79, 88, 90, 90¹, 91, 91¹, 91², 184², 184³, 185, 185¹, 185², 185³,186, 187, 188, 188³, 189, 189¹, 191, 192, 194¹, 195¹, 198-moddalarida, 210¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.