Code of Administrative Liability

286-modda. Ma'muriy yo'l bilan ushlab turish

Ma'muriy yo'l bilan ushlab turish to'g'risida bayonnoma tuzilib, unda: bayonnoma tuzilgan sana va joy, bayonnoma tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; ushlab turilgan shaxs haqidagi ma'lumotlar; uni ushlab turish vaqti, joyi va uning asoslari ko'rsatiladi. Bayonnoma uni tuzgan mansabdor shaxs va ushlab turilgan shaxs tomonidan imzolanadi. Ushlab turilgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga shu haqda yozib qo'yiladi. Ushlab turilgan shaxsning iltimosiga ko'ra, u ushlab turilgan joy haqida uning qarindosh-urug'lari, advokat, ish yoki o'qish joyidagi ma'muriyat xabardor qilib qo'yiladi. Voyaga yetmagan shaxs ushlab turilgani haqida uning ota-onasi yoki ular o'rnini bosuvchi shaxslar albatta xabardor qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.