Ma'muriy yo'l bilan ushlab turish uch soatdan ortiq davom etishi mumkin emas. Ayrim hollarda alohida zarurat munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ma'muriy yo'l bilan ushlab turishning boshqacha muddatlari belgilanishi mumkin.
Chegara tartibini yoki O'zbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali o'tish punktlaridagi tartibni buzgan shaxslar bayonnoma tuzish uchun uch soatgacha muddatga ushlab turilishi mumkin, huquqbuzarning shaxsini va huquqbuzarlik holatlarini aniqlash uchun zarur bo'lgan hollarda esa — ushlash paytidan boshlab yigirma to'rt soat ichida prokurorga yozma tarzda ma'lum qilib, uch sutkagacha yoki huquqbuzarda o'zining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo'lmasa, prokurorning sanktsiyasi bilan o'n sutkagacha muddatga ushlab turilishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 54, 56, 57, 58, 61, 90-moddalarida, 164-moddasining to'rtinchi qismida, 170, 183, 184², 184³, 191, 194, 194¹, 195, 195¹, 201, 204, 205, 206, 210-moddalarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoxud o'zining shaxsi to'g'risidagi ma'lumotlarni yashirgan shaxslar huquqbuzarlik to'g'risidagi ishi jinoyat ishlari bo'yicha sud yoki ichki ishlar organi boshlig'i (boshliq o'rinbosari) tomonidan ko'rib chiqilgunga qadar, lekin 24 soatdan ko'p bo'lmagan muddatga ushlab turilishi mumkin.
Ma'muriy yo'l bilan ushlab turish muddati huquqbuzarni bayonnoma tuzish uchun olib kelish paytidan boshlanadi, mast holdagi shaxslar uchun esa — ular hushyor tortgan vaqtdan boshlanadi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
288-modda. Ma'muriy yo'l bilan ushlab turish muddatlari
(288-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 октябрдаги ЎРҚ-726-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.10.2021 й., 03/21/726/1001-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.