Code of Administrative Liability

265-modda. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlari

(265-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 7 июлдаги ЎРҚ-852-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 08.07.2023 й., 03/23/852/0461-сон — 2023 йил 9 октябрдан кучга киради)

Texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablariga, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarga ushbu Kodeksning 212, 213-moddalarida, 214-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qismi mustasno) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir. Texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablariga, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga hamda jarima solish tarzidagi ma'muriy jazo choralarini qo'llashga quyidagilar haqli: texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va uning o'rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravarigacha miqdorda; texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha davlat inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda jarima solishga.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Bu modda texnik standartlar, o'lchovlar va sertifikatlar qoidalariga rioya etishni nazorat qiluvchi davlat organlari haqida. Ular mahsulotlar, xizmatlar va ishlarning sifati va xavfsizligini tekshiradi. Agar qoidalarga amal qilinmasa, bu organlar jarima solish huquqiga ega. Kimga tegishli Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohasidagi davlat inspektorlari va ularning rahbarlari. Amalda Agar zavod mahsulotni xalqaro standartga muvofiq sertifikat qilmay sotsa, davlat inspektori uni tekshiradi va qoidaga amal qilmagan uchun jarima soladi. Bosh inspektor sakson baravar, oddiy inspektor uch baravar miqdorda jarima qo'yishi mumkin.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.