Ushbu Kodeksning 61-moddasida (byudjet tashkilotlarining, byudjet mablag'larini oluvchilarning, davlat maqsadli jamg'armalarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg'armalarning mol-mulkini o'zlashtirish yoki rastrata qilish yo'li bilan oz miqdorda talon-toroj qilishga oid qismida), 175² va 175⁸-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasining mansabdor shaxslari ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzadi.
Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko'rib chiqish uchun yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
264¹-modda. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi
(264¹-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 февралдаги ЎРҚ-1038-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.02.2025 й., 03/25/1038/0188-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.