Ma'muriy javobgarlik kodeksi

266¹-modda. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining organlari

(266¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1061-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1061/0409-сон)

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining organlariga ushbu Kodeksning 60-moddasi ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida, 60¹-moddasida, 65-moddasida (yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanishga oid qismida, bundan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar mustasno), 68-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilish, sog'lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo'ljallangan yerlar, suv fondi yerlari mustasno), 68¹-moddasida va 69-moddasida (bundan qishloq xo'jaligi yerlarining chegara belgilariga oid qismi mustasno) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma'muriy jazo choralarini qo'llashga quyidagilar haqli: O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori va uning o'rinbosarlari; O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari va ularning o'rinbosarlari; O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining tumanlar (shaharlar) bo'limlari boshliqlari.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.