O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasining organlariga ushbu Kodeksning 55-moddasida, 70-moddasida (yer qa'ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismida), 97, 97¹, 98-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.
O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma'muriy jazo chorasini qo'llashga quyidagilar haqli:
Davlat qo'mitasi raisi va uning o'rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravarigacha miqdorda;
inspektsiyalarning boshliqlari va ularning o'rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravarigacha miqdorda;
kon-texnik inspektsiyalarining va hududiy boshqarmalarning boshliqlari hamda ularning o'rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda;
davlat inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
260-modda. O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasining organlari
(260-модда иккинчи қисмининг иккинчи — бешинчи хатбошилари Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.