O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasiga ushbu Kodeksning 101-moddasida (elektr energiyasi va gazdan foydalanish qismida mansabdor shaxslarga nisbatan) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma'muriy jazo chorasini qo'llashga quyidagilar haqli:
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi boshlig'i hamda uning o'rinbosarlari;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasining hududiy boshqarmalari boshliqlari.
Ushbu Kodeksning 100, 101, 102, 103, 172, 173, 198⁶-moddalarida, 228-moddasida (yoqilg'i-energetika sohasida qo'yilgan muhrlarga (plombalarga) taalluqli hollarda) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasining hamda uning hududiy boshqarmalarining mansabdor shaxslari ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzadi.
Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko'rib chiqish uchun yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Liability
260²-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi
(260²-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 мартдаги ЎРҚ-1121-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.03.2026 й., 03/26/1121/0222-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 13 июнь)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Bu modda Energiya Inspektsiyasiga elektr, gaz va neft mahsulotlaridan foydalanishda qonun buzilishlarni aniqlash va jarima solish huquqini beradi. Inspeksiya mansabdor shaxslarning qonun buzilishlarini tekshiradi, bayonnoma tuzadi va sudga yuboradi.
**Kimga tegishli**
Bu huquq Energiya Inspektsiyasining boshlig'i, o'rinbosarlari va hududiy boshqarmalar boshliklariga tegishli.
**Amalda**
Agar elektr energiyasini o'lchash qurilmasi buzilgan bo'lsa, Inspeksiya mansabdor shaxsni tekshiradi, bayonnoma tuzadi va sudga yuboradi. Sud bayonnomani ko'rib chiqib, jarima soladi yoki ish yopiladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.