Ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo'lgan ashyoni haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir.
O'qotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o'q-dorilarini haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo'lgan shaxslarga nisbatan qo'llanilishi mumkin emas.
Ashyoni haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish chorasini qo'llanish tartibi va tortib olinadigan ashyolarning turlari ushbu Kodeks va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Liability
26-modda. Haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish
(26-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish — bu huquqbuzarlikda ishlatilgan narsani davlat majburiy ravishda olib, sotib yuborish va sotish pulidan xarajatlarni chegirib, qolganini huquqbuzarni berish. Masalan, noqonuniy ov qurolini, narkotikni yoki boshqa taqiqlangan buyumni olib qo'yish mumkin.
**Kimga tegishli**
Bu chorani barcha huquqbuzarlar uchun qo'llash mumkin, lekin ovchilar uchun ov qurolini olib qo'yish taqiqlanadi.
**Amalda**
Shaxs noqonuniy pistoleti bilan tutilsa, davlat uni olib qo'yadi, sotadi va pul oladi. Sotish xarajatlarini chegirib, qolganini huquqbuzarga beradi. Lekin agar u professional ovchi bo'lsa, ov qurolini olib qo'yish mumkin emas.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.