Davlat veterinariya xizmatiga ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar davlat veterinariya xizmati nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma'muriy jazo chorasini qo'llashga haqli:
O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori va uning o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o'rinbosarlari, davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori va uning o'rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda;
O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasining davlat veterinariya inspektorlari, tumanlar va shaharlarning bosh davlat veterinariya inspektorlari, chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hamda veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining davlat veterinariya inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Liability
259-modda. Davlat veterinariya xizmati
(259-модда иккинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 январдаги ЎРҚ-898-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.01.2024 й., 03/24/898/0046-сон)
Oddiy tilda
**Davlat veterinariya xizmati**
Nimani anglatadi
Bu modda davlat veterinariya xizmasi xodimlarining ma'muriy huquqbuzarliklar bo'yicha ishlarni ko'rib chiqish va jarima solish huquqini belgilaydi. Veterinariya inspektorlari hayvonlar sog'lig'i va oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog'liq qonun buzilishlarni tekshiradi va jazo qo'llaydi.
Kimga tegishli
Bu huquq veterinariya xizmasi tarkibidagi turli darajadagi inspektorlarga (respublika, viloyat, tuman, chegara va transport veterinariya inspektorlariga) tegishli.
Amalda
Agar kimdir hayvonlarni noto'g'ri saqlasa yoki oziq-ovqat xavfsizligini buzsa, tuman veterinariya inspektori uni tekshiradi va bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishi mumkin. Respublika darajasidagi inspektori esa ikki baravari miqdorida jarima qo'llashi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.