Ma'muriy javobgarlik kodeksi

25-modda. Jarima

(25-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 июлдаги ЎРҚ-1075-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.07.2025 й., 03/25/1075/0597-сон)

Jarima ma'muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir. Jarimaning miqdori ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma'muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo'yilgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ellikdan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa — o'ndan bir qismidan kam bo'lmasligi kerak. Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng ko'p miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan oshmasligi kerak. Ba'zi huquqbuzarliklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining to'rt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.