Temir yo'l transporti organlariga ushbu Kodeks 56¹-moddasining birinchi qismida (temir yo'l transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste'mol qilganlik uchun), 113, 114-moddalarida, shuningdek 53, 121, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (temir yo'l transportida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.
Metropoliten organlariga ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar temir yo'l transporti va metropoliten organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish va ma'muriy jazo qo'llanishga haqlidirlar:
stantsiya boshlig'i va uning o'rinbosari, vokzal boshlig'i va uning o'rinbosari, lokomotiv (vagon) deposining boshlig'i, yo'lovchilar poyezdining boshlig'i (yo'lovchilar poyezdining mexanik-brigadiri);
yo'lovchilar poyezdining nazoratchi-taftishchisi, yo'lovchilar poyezdining taftishchi-yo'riqchisi, daromadlarni nazorat qilish bo'yicha taftishchi, yo'l ustasi, yo'l distantsiyasi boshlig'i, signalizatsiya va aloqa distantsiyasi boshlig'i;
harbiylashtirilgan qo'riqlash bo'linmasi boshlig'i va uning o'rinbosari, yong'inning oldini olish bo'yicha otryad (komanda, o't o'chirish poyezdi) boshlig'i va uning o'rinbosari, katta yo'riqchi va yo'riqchi, komandaning, o't o'chirish poyezdi komandasining, harbiylashtirilgan qo'riqlash komandasining (qorovul) boshlig'i;
bosh sanitariya vrachi (tibbiy-sanitariya xizmati boshlig'ining o'rinbosari), Markaziy sanitariya-epidemiologiya stantsiyasining bosh sanitariya vrachi, sanitariya-epidemiologiya stantsiyasining bosh sanitariya vrachi.
Yo'lovchilar poyezdining boshlig'i (yo'lovchilar poyezdining mexanik-brigadiri), yo'l ustasi, bo'linma (qorovul), komandaning, o't o'chirish poyezdining, harbiylashtirilgan qo'riqlash bo'linmasining (qorovul) boshlig'i, bosh sanitariya vrachi (tibbiy-sanitariya xizmati boshlig'ining o'rinbosari), Markaziy sanitariya-epidemiologiya stantsiyasining bosh sanitariya vrachi, sanitariya-epidemiologiya stantsiyasining bosh sanitariya vrachi soladigan jarimaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdoridan oshmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
250-modda. Temir yo'l transporti va metropoliten organlari
(250-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 июлдаги ЎРҚ-1075-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.07.2025 й., 03/25/1075/0597-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.