Ma'muriy javobgarlik kodeksi

24¹-modda. Ma'muriy ogohlantirish

(24¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 4 февралдаги ЎРҚ-1116-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.02.2026 й., 03/26/1116/0110-сон)

Ma'muriy ogohlantirish ma'muriy jazo chorasini qo'llashga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarga yo'l qo'ymaslik to'g'risida ogohlantirgan holda unga rasmiy tanbeh berishdan iboratdir. Ma'muriy ogohlantirish yozma (elektron) ravishda qo'llaniladi. Ma'muriy ogohlantirish ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128¹, 128², 128⁶, 135¹-moddalarida xamda 138-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs o'z qilmishidan chin ko'ngildan pushaymon bo'lganda, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo'lmagan taqdirda, ma'muriy jazo chorasini ko'llashga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan qo'llaniladi. Ma'muriy ogohlantirish jazo chorasi ayni bir shaxsga nisbatan bir yil davomida bir martadan ortiq qo'llanilishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.