Ushbu Kodeksning 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xo'jasizlarcha foydalanishga oid qismida), 119, 132, 133¹ (kichik hajmli kemalarga nisbatan) va 204¹-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining mansabdor shaxslari ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzadi.
Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma ko'rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
Ushbu Kodeksning 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xo'jasizlarcha foydalanishga oid qismida) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining profilaktika inspektorlari tomonidan tuziladi.
Ushbu Kodeksning 119, 132 va 1331-moddalarida (kichik hajmli kemalarga nisbatan) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspektsiyasining mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi.
O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspektsiyasining boshlig'i, katta ofitseri va bosh mutaxassisi, shuningdek favqulodda vaziyatlar hududiy boshqarmalarining bosh inspektorlari Kichik hajmli kemalar inspektsiyasining mansabdor shaxslaridir.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Liability
249¹-modda. O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari
(249¹-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 мартдаги ЎРҚ-1121-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.03.2026 й., 03/26/1121/0222-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 13 июнь)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Bu modda Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlariga ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi bayonnoma tuzish huquqini beradi. Ular elektr energiyasidan xo'jasizlarcha foydalanish, suv xavfsizligi va kichik kemalarga oid qonun buzilishlarni aniqlagan taqdirda bayonnoma tuzadilar.
**Kimga tegishli**
Bu huquq Favqulodda vaziyatlar vazirligi, uning profilaktika inspektorlari va Kichik hajmli kemalar inspektsiyasining mansabdor shaxslariga tegishli.
**Amalda**
Agar inspektorlar elektr energiyasini o'g'ri hisoblanmagan holda ishlatayotgan korxonani topsa, bayonnoma tuzadilar va sudga yuboradilar. Sud bu bayonnomani ko'rib chiqib, jazo belgilaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.