Ma'muriy javobgarlik kodeksi

249-modda. Davlat yong'in nazorati organlari

(249-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 20 апрелдаги ЎРҚ-1136-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2026 й., 03/26/1136/0393-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 22 июль)

Davlat yong'in nazorati organlariga ushbu Kodeksning 84, 124, 211-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir. Davlat yong'in nazorati organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va ma'muriy jazo qo'llashga quyidagilar haqli: O'zbekiston Respublikasi yong'in nazorati bo'yicha bosh davlat inspektori va uning o'rinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga; Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, o'ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong'in va portlash xavfi yuqori bo'lgan ob'yektlardagi yong'in nazorati bo'yicha bosh davlat inspektorlari va ularning o'rinbosarlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi yong'in nazorati bo'yicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga; Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, o'ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong'in va portlash xavfi yuqori bo'lgan ob'yektlardagi yong'in nazorati bo'yicha bosh davlat inspektorlarining katta yordamchilari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining to'rt baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga; tumanlar (shaharlar), o'ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong'in va portlash xavfi yuqori bo'lgan ob'yektlardagi, yong'in nazorati bo'yicha katta davlat inspektorlari va ularning o'rinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga; tumanlar (shaharlar), o'ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong'in va portlash xavfi yuqori bo'lgan ob'yektlardagi, yong'in nazorati bo'yicha davlat inspektorlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.