O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga ushbu Kodeksning 47-moddasining birinchi qismida, 56¹, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va to'rtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulg'atish, suvto'plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv ob'yektlariga oqova suvlarni oqizishga yo'l qo'yish shartlari to'g'risidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va to'rtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chog'ida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to'plash, tashish chog'ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91², 161-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188² va 192-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.
O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma'muriy jazo choralarini qo'llashga quyidagilar haqli:
O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jamoat tartibini saqlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig'i, uning o'rinbosari va bo'lim boshliqlari;
O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Surishtiruvni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i va uning o'rinbosari;
O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Bolalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i, bo'lim boshliqlari va katta ofitserlari;
O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo'yicha boshqarmalari boshliqlari, ularning o'rinbosarlari, surishtiruv bo'limlari boshliqlari;
O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Muhim davlat ob'yektlarini qo'riqlash boshqarmasi boshlig'i va uning o'rinbosarlari;
O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Muhim davlat ob'yektlarini qo'riqlash boshqarmasi batalonlari komandirlari va ularning o'rinbosarlari.
O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 61-moddasida, 79-moddasining uchinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida, 90¹-moddasida, 91¹-moddasining to'rtinchi qismida, 183, 184², 184³, 185-moddalarida, 185¹-moddasida (bundan bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklar mustasno), 185², 185³, 186-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 188¹, 188³, 189, 189¹, 191, 194¹, 195¹-moddalarida, 196-moddasida (O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga taalluqli qismida) va 210¹-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzadi hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda uni ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan organga (mansabdor shaxsga) ko'rib chiqish uchun yuboradi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Liability
248¹-modda. O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari
(248¹-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
248¹-modda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining ma'muriy huquqbuzarliklar bo'yicha qanday vakolatlarini belgilaydi. Milliy gvardiya muayyan tabiat muhofazasi, suv resurslarini saqlash, chiqindilarni boshqarish va boshqa qonun buzarliklarni aniqlash va jazo qo'llash huquqiga ega.
KIMGA TEGISHLI
Bu modda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining turli boshqarmalari, bo'limlari va mansabdor shaxslariga tegishli.
AMALDA
Milliy gvardiya ofitseri suv ob'yektiga oqova suvlarni noqonuniy oqizayotgan zavodni aniqladi. U bayonnoma tuzib, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni tegishli organga yuboradi va zavod boshlig'iga jarima qo'llaniladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.