Ma'muriy javobgarlik kodeksi

227¹¹-modda. Bojxona organi mansabdor shaxsining bojxona nazoratini o'tkazish uchun hudud va binoga kirishiga to'sqinlik qilish

(227¹¹-модданинг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Bojxona nazoratidan o'tkazilishi lozim bo'lgan tovarlar va transport vositalari, bunday nazoratni o'tkazish uchun kerakli hujjatlar mavjud bo'lgan yoki nazorat etish bojxona organlari zimmasiga yuklangan faoliyat amalga oshirilayotgan hudud yoxud binoga bojxona organi mansabdor shaxsining kirishiga to'sqinlik qilish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.