Ma'muriy javobgarlik kodeksi

227¹⁰-modda. Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish

(227¹⁰-модда иккинчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 4 октябрдаги ЎРҚ-720-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.10.2021 й., 03/21/720/0930-сон)

Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish, ya'ni deklaratsiyalash shakli, joyi va uni amalga oshirish taomili haqidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Bojxona organiga tovarlar va transport vositalari uchun bojxona deklaratsiyasini, xuddi shuningdek hujjatlar va qo'shimcha ma'lumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.