Ma'muriy javobgarlik kodeksi

227¹³-modda. Tovarlarni saqlash uchun joylashtirish, ularni saqlash va ular bilan operatsiyalar o'tkazish tartibini buzish

(227¹³-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 4 октябрдаги ЎРҚ-720-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.10.2021 й., 03/21/720/0930-сон — 2022 йил 6 январдан кучга киради)

Tovarlarni saqlash uchun joylashtirishning belgilangan talablari va shartlariga, ularni saqlash tartibiga, xuddi shuningdek bojxona omborlarida hamda erkin omborlarda tovarlarga doir operatsiyalar o'tkazish tartibiga rioya etmaslik, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida, ushbu Kodeksning 227⁴, 227⁸, 227⁹ va 227¹¹-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Tovarlarni bojxona rejimida saqlash muddatlariga rioya etmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.