Ma'muriy javobgarlik kodeksi

185⁴-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o'tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish

(185⁴-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 15 мартдаги ЎРҚ-921-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.03.2024 й., 03/24/921/0219-сон — 2024 йил 17 июндан кучга киради)

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o'tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, — uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o'z ixtiyori bilan topshirsa, ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.