Code of Administrative Liability

185⁵-modda. Portativ lazerli nur tarqatgichlarning qonunga xilof muomalasi

(185⁵-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1132-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2026 й., 03/26/1132/0378-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 19 июль)

Portativ lazerli nur tarqatgichlardan qonunga xilof ravishda foydalanish, basharti ushbu Kodeksning 116¹-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo'lmasa, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O'zbekiston Respublikasidan olib chiqish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga xilof ravishda o'tkazish yoki O'zbekiston Respublikasiga olib kirish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Portativ lazerli nur tarqatgichlarning qonunga xilof muomalasi** Nimani anglatadi Portativ lazerli nur tarqatgichlar — bu kuchli nur chiqaradigan qurilmalar bo'lib, ulardan qonunga xilof ravishda foydalanish, ishlab chiqarish, saqlash yoki olib-berish mumkin emas. Ushbu modda ushbu qurilmalarni noto'g'ri ishlatsangiz qanday jarima va musodara qilinishini aytadi. Kimga tegishli Ushbu qonun xatti-harakati qilgan har bir shaxs — jismoniy yoki yuridik shaxs — javobgardir. Amalda Agar biror kishi ruxsatsiz portativ lazerli nur tarqatgichni sotsa yoki olib chiqsa, davlat bu qurilmani musodara qiladi va unga bazaviy miqdorning 25-50 baravari miqdorda jarima soladi. Masalan, 100 ming so'mlik bazaviy miqdor bo'lsa, 2,5-5 million so'm jarima to'lashi kerak bo'ladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.