Ma'muriy javobgarlik kodeksi

185¹-modda. Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi

(185¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 январдаги ЎРҚ-1111-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.01.2026 й., 03/26/1111/0037-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 14 апрель)

Pirotexnika buyumlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O'zbekiston Respublikasidan olib chiqish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o'tkazish yoki O'zbekiston Respublikasiga olib kirish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.