Ma'muriy javobgarlik kodeksi

128⁴-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo'l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo'ysunmasdan to'xtash chizig'ini bosib kirishi va o'tishi

(128⁴-модда иккинчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1033-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1033/0164-сон)

Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yo'l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yo'lning qatnov qismidagi yo'l chiziqlari yoki yo'l belgilari bilan belgilangan to'xtash chizig'ini bosib kirish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo'l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo'ysunmasdan o'tishi, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.