Yo'l bezoriligi, ya'ni transport vositalari haydovchilarining boshqa transport vositalarining harakatiga qasddan to'sqinlik qilishi, harakatlanish burchagini va (yoki) tezligini saqlagan holda transport vositasini sababsiz sirpantirishi (drift), o'z yo'nalishida harakatlanish bo'lagini sababsiz keskin ravishda uch va undan ortiq marta uzluksiz o'zgartirishi (bundan maxsus ajratilgan joylarda sodir etish mustasno) yoki yo'l harakati ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishiga tahdid soluvchi yoxud transport vositasida yo'l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlikda ifodalangan boshqa xatti-harakatlarni namoyishkorona sodir etishi, —
transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan ikki yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo'lmagan yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki o'n besh sutka muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
128¹⁰-modda. Yo'l bezoriligi
(128⁸, 128⁹ ва 128¹⁰-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1033-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1033/0164-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.