Tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signal bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalari to'siqsiz o'tib ketishi uchun transport vositalari haydovchilari tomonidan xalaqit berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Transport vositalari haydovchilarining yo'lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo'ljallangan tomoniga yoki bo'lagiga yo'l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo'lgan, ya'ni yo'l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo'nalishini keskin o'zgartirishga yoki o'z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash uchun o'zga choralarni ko'rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
128⁵-modda. Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo'lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo'ljallangan tomoniga yoki bo'lagiga chiqishi
(128⁵-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1033-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1033/0164-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.