Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy vakolatlariga:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasini hamda uni qurish qoidalarini tasdiqlash;
viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarini tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan ko'rib chiqish hamda qabul qilish, ularning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadlarining prognozlarini ma'lumot uchun qabul qilish;
viloyatlarning viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga, tumanlar va shaharlar byudjetlariga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi qarorlarni tasdiqlash;
tegishli byudjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning byudjet mablag'laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar to'g'risidagi hisobotlarini eshitish;
viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan ko'rib chiqish hamda tasdiqlash;
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida belgilash;
hokimni va uning o'rinbosarlarini lavozimga tasdiqlash, hokimni va uning o'rinbosarlarini lavozimdan ozod etish, ularning faoliyatiga doir hisobotlarini, shuningdek hokimlarning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini tinglash;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Xalq qabulxonalarining tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati to'g'risidagi axborotini har chorakda eshitish;
yoshlar muammolarini o'rganish, ularni hal etishga ko'maklashish, yosh avlodning iste'dodi va qobiliyatini rivojlantirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish choralarini ko'rishga qaratilgan ishlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hududiy rahbarlarining hisobotlarini har olti oyda eshitish;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda hokim qarorlarini tasdiqlash;
xalq deputatlari Kengashining Ish tartibini, xalq deputatlari Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalari to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash, ularga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish;
xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalarini, boshqa organlarini tuzish, saylash va tugatish, ularning tarkibini o'zgartirish, ular ishiga doir hisobotlarni tinglash;
qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlarining vakolatlarini e'tirof etish va muddatidan oldin to'xtatish, ularni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish;
zarurat bo'lganda ijro etuvchi hokimiyat bo'limlari, boshqarmalari, boshqa tarkibiy bo'linmalari rahbarlarining hisobotlarini, shu jumladan qonunlarga rioya etilishi, tegishli xalq deputatlari Kengashlari qarorlarining va doimiy komissiyalar tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan hisobotlarini eshitish;
tegishli prokurorlarning faoliyati to'g'risidagi axborotini har yili eshitish;
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo'linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
tegishincha sog'liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya bo'limlari boshliqlarining axborotini eshitish;
Kengash so'rovini yuborish to'g'risidagi taklifni ko'rib chiqish, Kengash tekshiruvini o'tkazish, deputat so'rovlarini yuborish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;
hokimning xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid qarorlarini qayta ko'rib chiqish to'g'risidagi taqdimnomasiga asosan Kengash qarorini o'zgartirish yoki bekor qilish;
hokimning va quyi Kengashning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bo'lmagan qarorlarini bekor qilish;
hokimning taqdimiga binoan hokimlikning tuzilmasini, shtatlarini va uning xodimlari mehnatiga haq to'lash fondini tasdiqlash kiradi.
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari:
tegishli viloyatlarning viloyat byudjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini ko'rib chiqadi hamda tasdiqlaydi;
jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli bo'lgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yish va olib qo'yilgan yer uchastkalarida joylashgan ko'chmas mulk ob'yektlarini qonunda belgilangan hollarda va tartibda buzib tashlash to'g'risida qarorlar qabul qiladi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) mintaqaviy vakilining inson huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati to'g'risidagi ma'ruzasini har yili eshitadi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo'yicha vakili (Bolalar ombudsmani) mintaqaviy vakilining tegishli hududda bola huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati to'g'risidagi ma'ruzasini har yili eshitadi;
tegishli hududda mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni qonunchilikda belgilangan tartibda o'rnatish va buzish (ko'chirish) to'g'risida qarorlar qabul qiladi;
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi o'z vakolatlari jumlasiga kiritilgan boshqa tashkiliy masalalarni va O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq nazorat qilishga doir masalalarni hal etadi.
lex.uz’dagi asl matn«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun
24-modda. Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari
(24-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.