«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun

25²-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo'linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish

(25²-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)

Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to'g'risida har chorakda, jamoat xavfsizligi to'g'risida esa har olti oyda tegishincha xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlariga hisobot taqdim etadi. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo'limlarining) boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to'g'risida, shuningdek jamoat xavfsizligi to'g'risida har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo'linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin. Yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning natijalari O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo'linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish chog'ida tanqidiy jihatdan muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga shaxsan baho beriladi, shuningdek egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to'g'risida tavsiyalar qabul qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.