«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun

23-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy bo'linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish

(23-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)

Agar qonunchilikda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning boshqacha tartibi belgilanmagan bo'lsa, ijro etuvchi hokimiyat tarkibiy bo'linmalarining rahbarlari respublika ijro etuvchi hokimiyatining yuqori turuvchi organlari bilan kelishilgan holda hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Agar qonunchilikda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning boshqacha tartibi belgilanmagan bo'lsa, tumanga bo'ysunadigan shahar ijro etuvchi hokimiyat tarkibiy bo'linmalarining rahbarlari respublika ijro etuvchi hokimiyatining yuqori turuvchi organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.