Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (hokimliklar) boshqarmalar, bo'limlar va boshqa bo'linmalardan iborat bo'lib, ularning tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi va faoliyati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuzilmasi va shtatlari hokim tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida belgilanadi va o'zgartiriladi.
Tuman, shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuzilmasi va shtatlari hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida belgilanadi va o'zgartiriladi.
Viloyat, tuman, shahar hokimliklari apparatining tuzilmasi va shtatlari tegishli hokim tomonidan viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida belgilanadi va o'zgartiriladi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimligi apparatining namunaviy tuzilmasi va shtatlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimligi apparatining namunaviy tuzilmasi va shtatlari esa yuqori turuvchi hokim tomonidan belgilab qo'yiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasida tuman va shahar hokimligi apparatining namunaviy tuzilmasi va shtatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun
22-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuzilmasi va shtatlari
(22-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.