«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

59-modda. Shikoyatning shakli va mazmuni

Shikoyat yozma, og'zaki yoki elektron shaklda beriladi va unda quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak: qarorni qabul qilgan yoki harakatni amalga oshirgan vakolatli organning nomi; shikoyat bergan jismoniy shaxsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi, yuridik shaxs uchun esa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili); shikoyat bergan shaxsning talablari; ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati (mavjud bo'lgan taqdirda); shikoyat berilgan sana. Shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxs (uning vakili) tomonidan imzolanadi. Agar shikoyat vakil tomonidan berilgan bo'lsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning ko'chirma nusxasi ilova qilinishi kerak. Jismoniy shaxs og'zaki shikoyat qilayotganda o'z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa — o'z vakolatlarini va shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etishi kerak. Elektron shaklda beriladigan shikoyatda jismoniy yoki yuridik shaxsning elektron manzili hamda yagona identifikatori, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa — raqamli imzosi va boshqa rekvizitlari ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.