«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

58-modda. Vakolatli organlarning va ular mansabdor shaxslarining qarorlari (harakatlari) ustidan shikoyat qilish

Jismoniy va yuridik shaxslar vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining o'z faoliyatiga taalluqli bo'lgan qarorlari (harakatlari) ustidan shikoyat qilishi mumkin. Shikoyat: hududiy darajadagi vakolatli organga nisbatan — uning yuqori turuvchi organiga; respublika darajasidagi vakolatli organga nisbatan — ushbu organda tashkil etilgan apellyatsiya kengashiga beriladi. Apellyatsiya kengashini tashkil etish qoidalari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'g'risidagi nizomlarda, shuningdek xabardor qilish tartibi to'g'risidagi yagona nizomda faoliyatning o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin. Jismoniy va yuridik shaxslar belgilangan tartibda vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qarorlari (harakatlari) ustidan bevosita sudga shikoyat qilishga haqli. Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, shikoyat jismoniy va yuridik shaxslar qaror to'g'risida tegishli ravishda xabardor qilingan paytdan e'tiboran yoki ularga vakolatli organning yoxud uning mansabdor shaxslarining harakatlari haqida ma'lum bo'lgan paytdan e'tiboran o'ttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.