«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

6-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatlari

(6-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlaydi; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o'tish tartibini belgilaydi; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida vazirliklarning hamda boshqa davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.