Kredit byurosi kredit axborotini kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnoma asosida kredit axborotini yetkazib beruvchilardan oladi va kredit hisobotini kredit axborotidan foydalanuvchilarga taqdim etadi.
Kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnoma kredit byurosi tomonidan kredit axboroti sub'yekti yoki kredit axborotini yetkazib beruvchi yoxud kredit axborotidan foydalanuvchi bilan tuziladi.
Kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomada quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
kredit axborotining turi, shakli, uni taqdim etish va yangilash tartibi;
taraflarning kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yo'q qilib yuborishdan, o'zgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilishni ta'minlashga doir huquq va majburiyatlari;
kredit axborotidagi noto'g'ri yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlarni aniqlash va tuzatishda taraflarning hamkorligi tartibi.
Kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomada qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnLaw on Credit Information Exchange
18-modda. Kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnoma
(18-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.