Kredit byurosi kredit hisobotini kredit axborotidan foydalanuvchiga faqat kredit axboroti sub'yektining roziligi bilan taqdim etadi.
Kredit axboroti sub'yektining o'zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi qonunchilikka muvofiq yozma shaklda yoki elektron hujjat tarzida kredit axborotining sanasi, kredit axborotidan foydalanuvchi va kredit hisobotini taqdim etish maqsadi ko'rsatilgan holda rasmiylashtiriladi. Kredit hisoboti faqat kredit axboroti sub'yektining roziligida ko'rsatilgan kredit axborotidan foydalanuvchiga taqdim etiladi.
Kredit axboroti sub'yektining o'zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi bir oy mobaynida haqiqiydir. Agar kredit axboroti sub'yekti va kredit axborotidan foydalanuvchi o'rtasida kredit bitimi tuzilsa, unda mazkur rozilik tegishli kredit bitimi amal qiladigan butun muddat mobaynida haqiqiydir.
Kredit axboroti sub'yektining o'zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi kredit axborotidan foydalanuvchida besh yil mobaynida saqlanishi kerak. Agar kredit axboroti sub'yekti va kredit axborotidan foydalanuvchi o'rtasida kredit bitimi tuzilsa, unda kredit axboroti sub'yektining o'zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi kredit axborotidan foydalanuvchida kredit bitimi ijro etilgan sanadan keyin besh yil mobaynida saqlanishi lozim. Kredit axborotidan foydalanuvchi kredit byurosining talabiga ko'ra mazkur rozilikni tanishish uchun uch ish kuni ichida taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matnLaw on Credit Information Exchange
19-modda. Kredit axboroti sub'yektining kredit hisobotini kredit byurolariga taqdim etishga roziligi
(19-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.