Kredit axboroti kredit byurosiga uning so'roviga muvofiq quyidagilar tomonidan taqdim etiladi:
yuridik shaxslarni, yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organlar tomonidan — Tadbirkorlik sub'yektlarining yagona davlat reyestriga kiritilgan ma'lumotlar hajmida;
ko'chmas mulk ob'yektiga bo'lgan huquqlarni va unga doir bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organlar tomonidan — Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarning davlat reyestriga va ko'chmas mulk haqidagi boshqa ochiq foydalaniladigan ma'lumotlar bazalariga kiritilgan ma'lumotlar hajmida;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan — soliq to'lovchilarni hisobga olish ma'lumotlari, shuningdek ularning moliyaviy hisoboti to'g'risida;
ichki ishlar organlari tomonidan — berilgan pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar to'g'risida, shu jumladan yo'qolgan yoki amal qilish muddati tugagani o'rniga berilgan pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar haqida, shuningdek avtomototransport vositalarining ro'yxatdan o'tkazilganligi hamda ularning mulkdorlari (egalari) to'g'risida;
notarial idoralar tomonidan — bitim predmeti bo'lgan ob'yektni boshqa shaxsga o'tkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi to'g'risida;
litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni beruvchi organlar tomonidan — ushbu hujjatlar berilganligi faktlari to'g'risida, litsenziyaning va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarning amal qilishi to'xtatib turilganligi yoki tugatilganligi haqida, shuningdek ularning bekor qilinganligi va qayta rasmiylashtirilganligi to'g'risida.
Kredit axboroti kredit byurosiga qonunchilikka muvofiq boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan ham taqdim etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnLaw on Credit Information Exchange
17-modda. Kredit byurosiga kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar
(17-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 4 мартдаги ЎРҚ-1043-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.03.2025 й., 03/25/1043/0217-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 6 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.