Davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari to'g'risidagi axborotning shaffofligi va ochiqligini ta'minlash;
adolatli raqobatni va qarorlar qabul qilish chog'ida xolisona mezonlardan foydalanilishini ta'minlash;
ichki nazoratning samarali tizimini, shuningdek davlat xaridlarini o'tkazish natijalari yuzasidan shikoyat qilish va nizolashishning samarali tartib-taomilini yaratish;
davlat elektron savdolarining samarali ishlashini ta'minlash.
Qonunchilikda davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun
23-modda. Davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
(23-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.