«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun

22-modda. Ma'muriy tartib-taomillar sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar

(22-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ma'muriy tartib-taomillar sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: qonuniylik va adolatlilik printsiplarini ta'minlash, ma'muriy-boshqaruv jarayonining beg'arazligi kafolatlarini yaratish, ushbu jarayonning shaffofligini, tashqi va ichki nazorat uchun ochiqligini oshirish; o'z ixtiyoricha harakat qilish vakolatlarini cheklagan holda ma'muriy tartib-taomillarni batafsil tartibga solish, byurokratik rasmiyatchilikka yo'l qo'ymaslik; soddalashtirilgan ma'muriy tartib-taomillarni joriy etish; davlat organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilishning va yetkazilgan zarar o'rnini qoplashning samarali mexanizmlarini belgilash. Qonunchilikda ma'muriy tartib-taomillar sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.