«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun

21-modda. Manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar

(21-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Davlat organlarining xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida manfaatlar to'qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo'lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo'l qo'ymasligi kerak. Manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat organlarining xodimlari o'zining bevosita rahbarini darhol xabardor qilishi kerak. Manfaatlar to'qnashuvi mavjudligi to'g'risida ma'lumotlar olgan rahbar bu to'qnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o'z vaqtida choralar ko'rishi shart. Davlat organlarining maxsus bo'linmalari yoki odob komissiyalari manfaatlar to'qnashuvini hal etish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Davlat organlarining manfaatlar to'qnashuvining oldini olish yoki uni bartaraf etish talablari buzilishiga yo'l qo'ygan xodimlari, shuningdek ularning rahbarlari qonunchilikka muvofiq javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.